Call markaz +998 95 260-11-12
Murojaat uchun email info@varnet.uz
Bosh sahifa / Bakalavr qabuli
Qabul 2026/2027

Bakalavr qabuli

Davlat qabul tartibi asosida — «avval test, keyin tanlov» tamoyili bo‘yicha bakalavriatga hujjat topshirish.

5–25
Iyun — ro‘yxatdan o‘tish
189
Maksimal DTM balli
5
Test fanlari
15
Kun — OTM tanlash
Umumiy ma’lumot

Bakalavriatga qabul tartibi

O‘zbekiston Respublikasida 2024/2025 o‘quv yilidan joriy etilgan «avval test — keyin tanlov» tizimi asosida amalga oshiriladi. Rasmiy platforma: my.uzbmb.uz.

1

Ro‘yxatdan o‘tish

my.uzbmb.uz da pasport, JSHSHIR va telefon orqali ariza. Fan bloki, ta’lim tili va test hududi tanlanadi.

2

Kirish testi (DTM)

5 ta fan: 3 majburiy + 2 profil. 90 ta savol, maksimal 189 ball. Natija shaxsiy kabinetda e’lon qilinadi.

3

OTM va yo‘nalish tanlash

Ball e’lonidan keyin 15 kun ichida universitet, yo‘nalish va ta’lim shakli (grant / kontrakt) tanlanadi.

Bosqichlar

2026/2027 qabul kalendari

Davlat OTMlari bakalavriati uchun asosiy muddatlar.

5–25 iyun

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish

my.uzbmb.uz portali orqali ariza topshirish. Maktab, litsey va kollej bitiruvchilari odatda to‘lovdan ozod.

Iyul–avgust

Test sinovlari

Belgilangan maydonchalarda DTM testlari. Sana va vaqt shaxsiy kabinetda ko‘rsatiladi.

15 kun

Varnet va yo‘nalishni tanlash

Ballingizga qarab biotexnologiya, ekologiya va boshqa yo‘nalishlarga ariza berasiz.

Yo‘nalishlar

Universitetimizdagi bakalavriat yo‘nalishlari

Tasdiqlangan ta'lim yo'nalishlari. Batafsil o'quv rejasi va qabul shartlari har bir yo'nalish sahifasida.

Kod Yo‘nalish Muddat Til Shakl Kvota Profil fanlar
60710200 Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 4 yil O'zbek tili Kunduzgi, Kechki, Masofaviy 200 Biologiya, Kimyo

Biotexnologiya yo'nalishining to'liq o'quv rejasi va kirish test fanlari alohida sahifada.

Talablar

Kimlar hujjat topshirishi mumkin?

  • Umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tugatganlar
  • DTM testida minimal o‘tish balliga erishganlar
  • Chet tili sertifikati (IELTS/GCT B1+) — til fanida imtiyoz beradi
  • Imtiyozli toifalar (olimpiada g‘oliblari, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqalar) — alohida tartibda

Hujjat topshirishni boshlang

Onlayn ariza qoldiring yoki qabul bo‘limi bilan bog‘laning.

Hujjat topshirish