Call markaz +998 95 260-11-12
Murojaat uchun email info@varnet.uz
Bosh sahifa / E'lonlar / Batafsil
E'lonlar

2026-2027 o'quv yiliga bakalavr yo'nalishlariga hujjat qabul qilish boshlandi

Qabul Faol
E'lon rasmi
Chop etildi: 01.05.2026 Muddat: 01.06.2026 gacha

2026-2027 o'quv yiliga bakalavr yo'nalishlariga hujjat qabul qilish boshlandi

Varnet Xalqaro Biotexnologiyalar Universiteti 2026-2027 o'quv yili uchun bakalavr ta'lim yo'nalishlariga yangi talabalar qabulini e'lon qiladi. Qabul jarayoni 2026-yil 1-may kunidan boshlanib, 2026-yil 1-iyungacha davom etadi.

Quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha hujjat qabul qilinadi:

  • Biotexnologiya (60 ta o'rin)
  • Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (40 ta o'rin)
  • Molekulyar biologiya (30 ta o'rin)
  • Kimyoviy texnologiya (50 ta o'rin)
  • Axborot texnologiyalari (45 ta o'rin)

Hujjat topshirish uchun quyidagi materiallar talab qilinadi: umumiy o'rta yoki o'rta maxsus ta'lim attestati (nusxasi), pasport (nusxasi), 3×4 formatdagi 6 ta rasm, tibbiy ma'lumotnoma (086-shakl) va davlat boji to'lovi cheki.

Ariza va hujjatlar universitetting qabul komissiyasiga bevosita topshirilishi yoki elektron pochta orqali yuborilishi mumkin. Batafsil ma'lumot uchun qabul komissiyasiga murojaat qiling.

Qabul komissiyasi:

+998 95 260-11-12

qabul@varnet.uz

Varnet Biotech Qabul komissiyasi