Call markaz +998 95 260-11-12
Murojaat uchun email info@varnet.uz
Bosh sahifa / Fakultetlar / Innovatsion texnologiyalar fakulteti
Fakultetlar

Innovatsion texnologiyalar fakulteti

Bioinformatika, sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarni biologiya bilan bog'laydigan zamonaviy yo'nalishlar.

Dekan

Umarov Sardor G'ayratovich

  • Texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Innovatsion texnologiyalar fakulteti
  • s.umarov@varnet.uz
  • Qabul vaqti: Dushanba, Juma 15:00–17:00
2019 Tashkil etilgan
15 Ta'lim yo'nalishi
4 Kafedra
1150 Talaba
65 Professor-o'qituvchi
2 Laboratoriya

Fakultet tarixi

Fakultet 2019-yilda biologiya va axborot texnologiyalari kesishmasidagi yangi kasblarga bo'lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etilgan.

Bugungi kunda fakultet universitetning barcha ilmiy bo'linmalari uchun ma'lumotlarni tahlil qilish, modellashtirish va raqamli infratuzilma bo'yicha xizmat ko'rsatadi.

Kafedralar

Bioinformatika kafedrasi

Kafedra mudiri: Nazarov Jahongir Farhodovich

Sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlili kafedrasi

Kafedra mudiri: Sattorova Kamola Erkinovna

Raqamli texnologiyalar kafedrasi

Kafedra mudiri: Xudoyberdiyev Rustam Olimovich

Biotexnik tizimlar kafedrasi

Kafedra mudiri: Mahmudova Sevara Qahramonovna

Ta'lim yo'nalishlari

Bakalavriat

  • Bioinformatika
  • Kompyuter injiniringi (biotexnik tizimlar)
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari
  • Sun'iy intellekt

Magistratura

  • Bioinformatika va hisoblash biologiyasi
  • Ma'lumotlar fani

Ilmiy laboratoriyalar

  • Hisoblash biologiyasi laboratoriyasi
  • Sun'iy intellekt va robototexnika laboratoriyasi

Hamkorlik

Respublika hamkorlari

  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
  • IT Park O'zbekiston
  • O'zR FA Kibernetika instituti

Xalqaro hamkorlar

  • Tallinn texnika universiteti (Estoniya)
  • Istanbul texnika universiteti (Turkiya)
  • Varshava texnologiya universiteti (Polsha)

Erishilgan yutuqlar

Fakultet talabalari jamoasi xalqaro hackathon va dasturlash musobaqalarida muntazam ishtirok etib, so'nggi ikki yilda 6 ta sovrinli o'rinni qo'lga kiritdi.

Fakultetda universitet ilmiy ma'lumotlar omborini boshqaruvchi raqamli platforma ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Fakultet bilan bog'lanish